Toshkentda qizil galstuk taqqan maktab oʻquvchilari keng muhokamalarga sabab boʻldi
Foto: XTV matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktab oʻquvchilariga qizil galstuk taqdirilganligi mavzusi keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maktab maʼmuriyati maktabning ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlangʻich sinflarga erkaklar galstukining qizil rangini, katta sinflarga koʻk rangini taqish tanlangan.
Qolgan kunlari maktab galstuk taqishni talab qilmagan, oq koʻylak, toʻq koʻk shimda kelishi zarurligi aytilgan.
Mazkur masalani siyosiy tus bermaslikni soʻraymiz, deyiladi vazirlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring