Toshkentda qimor oʻyini tashkil qilgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi
Tezkor tadbirda Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan choyxonada bir guruh shaxslar qimor oʻynayotganliklari maʼlum boʻldi. Choyxonani koʻzdan kechirish jarayonida qimor oʻyinlarida foydalaniladigan oshiq suyaklar, oʻyin kartalari, plastik chashkalar, sochilgan holda yotgan 1800 AQSH dollari va 755 ming soʻm ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Tadbir davomida qimor oʻyini tashkilotchisi, Chilonzor tumanida yashovchi shaxs qoʻlga olinib, u doimiy tarzda bu kabi oʻyinlarni tashkil qilib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
2023-yilning oktyabr oyida jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaroga 4 yilu 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring