Toshkentda psixotrop moddalarni daraxt tagidan kavlab olayotgan shaxs qoʻlga olindi
16-yanvar kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash boʻlimi hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida xususiy turar-joylar yaqinidagi daraxtlarning biri tagidan psixotrop moddalarni kavlab olayotgan shaxs qoʻlga olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu shaxs 26 yoshli fuqaro A. X. ekanligi maʼlum boʻlib, unga mazkur joyning manzilini Telegram messenjeri orqali yuborishganini, shuningdek psixotrop va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi orqasida turgan shaxslarni tanimasligini bildirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring