Toshkentda ot sportining uchkurash yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi
Shu yil 25-28-oktyabr kunlari Toshkentda ot sportining uchkurash yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli kurashlarga boy oʻtgan turnirda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafardan ortiq chavandoz gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Chavandozlar uch kun davom etgan bellashuvlarda ot yoʻrttirish, kross va konkur dasturlarida oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi mutasaddilari kubok bahslari orqali Parij-2024 litsenzion musobaqalariga tayyorlanayotgan asosiy terma jamoa uchun nomzod sportchilarni saralab oldi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring