Toshkentda oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi
Illyustrativ foto
27 noyabr kuni soat 21.30 atrofida Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Sebzor va Nurafshon koʻchalari chorrahasida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Voqea natijasida haydovchilardan biri jarohat olgan. U kasalxonaga yetkazildi, shifokorlar tomonidan holati qoniqarli baholanmoqda.
YTHga aynan jabrdiyda haydovchi tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi sabab boʻlgani qayd etilmoqda. U svetoforning man etuvchi signaliga rioya etmay, chorrahaga kirib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring