Toshkentda militsiya xodimi suvga choʻkayotgan erkakni qutqarib oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi choʻkib ketayotgan odamga qanday yordam berayotgani aks etgan video paydo boʻldi. IIBB matbuot xizmati voqea yuzasidan izoh berdi.
30-sentabr kuni soat taxminan 21.30 larda 37 yoshli erkak mast holda Sergeli tumani “Qorasuv” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi kanalga beixtiyor tushib ketgan. Erkak oʻz-oʻzidan suvdan chiqmoqchi boʻlgan, biroq buning uddasidan chiqa olmay, yordam chaqira boshlagan. Voqea joyidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda oʻziga ishonib topshirilgan hududda patrullik qilayotgan Sergeli tumani IIB 3-sonli IIB profilaktika inspektori qichqiriqni eshitib, yugurib keldi. Suvda bir odamni koʻrgan xodim yugurib kelib, qoʻlini uzatadi va unga yordam berdi.
Leytenant voqea joyiga tez yordam chaqirgan, erkakka birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring