Toshkentda mast erkak oʻzini koʻprikdan tashlamoqchi boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda mast holatdagi fuqaro oʻzini koʻprikdan tashlamoqchi boʻlgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 3-yanvar kuni kech soat 19:18 larda Bektemir tumani “Qoʻyliq” bozori yaqinidagi koʻprikda mast holatdagi fuqaro oʻzini pastga tashlamoqchi boʻlgani aniqlangan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahar Bektemir tumani IIOFMB huzuridagi qoʻriqlash xizmati xodimlari, 1987-yilda tugʻilgan fuqaroning hayotini saqlab qolgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIOFMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring