Toshkentda Markaziy Osiyoning transport va tranzit jihatidan oʻzaro bogʻliqlik istiqbollari belgilanmoqda

19:37 26 Oktyabr 2022 Siyosat
519 0

26-27-oktyabr kunlari Toshkentda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti boʻyicha maxsus dasturi (SPECA) Ishchi guruhining mintaqada transport va logistika jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish boʻyicha 27-yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirning birinchi kunida yigʻilish qatnashchilari COVID-19 pandemiyasining SPECA mintaqasiga taʼsiri, shu kabi muammolarni bartaraf etish usullari hamda milliy va xalqaro transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalari va tashabbuslarini muhokama qildilar.

Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston vakillari avtomobil va temir yoʻl infratuzilmasi, havo transportini samarali tashkil etish va boshqarish boʻyicha tajriba almashdilar va mintaqada mavjud boʻlgan hamda yangi transport yoʻlaklarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Tadbir davomida Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillari infratuzilmani yaxshilash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va xalqaro yoʻlaklarni rivojlantirish uchun SPECA mamlakatlariga texnik yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

27-oktyabr kuni tadbir doirasida BMTning transport va savdo standartlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, sektorni raqamlashtirish istiqbollari va boshqa masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер