Toshkentda “Lacetti”ning yoritish chirogʻi ustuniga urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
Toshkentning Yakkasaroy tumanida “Lacetti” YTHga uchrab, yongʻin chiqdi. Bu haqda YHXBB maʼlumot berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, avtohalokat 10-oktyabr kuni soat 21:00ʻlarda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasida yuz bergan. 19 yoshli haydovchi Sh.N. “Lacetti”da harakatlanayotib, ushbu koʻchada joylashgan “Anjir” restorani roʻparasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl oʻrtasidagi yoritish chirogʻi ustuniga urilgan.
Toʻqnashuv oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Oʻt oʻchiruvchilar tomonidan yongʻin bartaraf qilingan. Hodisa oqibatida haydovchi Sh.N. va bir nafar yoʻlovchi vafot etgan. Yana 2 nafar yoʻlovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring