Toshkentda “Labo” butunlay yonib ketdi
Foto: FVBB
Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Labo” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi voqea boʻyicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 4-yanvar kuni soat 22:05 da Toshkent shahar FVBBga Yangihayot tumani Mirzo Tursunzoda koʻchasida avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida xabar tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 22:13 da yetib borib, bir daqiqa ichida yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring