Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli boʻldi

22:53 06 May 2020 Jamiyat
1393 0

Poytaxtimizdagi 3-sonli tugʻruq majmuasiga joriy yil 20-martdan buyon hozirga qadar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan 57 nafar homilador ayol yotqizilgan. Ulardan 16 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ular orasida 3 ta tugʻruq boʻlgan, jumladan, 1 nafarida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazilgan.

– Rosti, boshida oilaviy koronavirus infeksiyasiga chalinganimizda juda xavotirga tushdik, – deydi poytaxtlik ona.– Oʻzimdan ham koʻra tugʻiladigan farzandimni koʻp oʻyladim. 3-sonli tugʻruq majmuasiga olib kelishganida bu yerdagi bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarini koʻrib koʻnglim xotirjam boʻldi, ularning mehridan xursand boʻldim. Bu yerdagi tibbiyot xodimlarining qahramonona saʼy-harakatlari tufayli farzandli boʻldim. Hozirda qizimning ham, mening ham ahvolimiz yaxshi, sogʻ-salomatimiz. Fursatdan foydalanib, ushbu tugʻruq majmuasi tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiraman...

Tugʻruq majmuasining masʼul xodimi Komil Jumayevning taʼkidlashicha, mazkur tibbiyot muassasa jamoasi xalqaro standartlar asosida davo muolajalarini olib borayotganliklari uchun ham ayni paytga qadar koronavirusga chalingan 14 nafar bemor butunlay sogʻayishiga erishilgan. Qolgan bemorlarni darddan forigʻ etish yoʻlida tibbiyot xodimlari jasorat va fidoyilik namunasini koʻrsatib mehnat qilishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер