Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi
Yashnabod tumanida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 22:10 da Yashnabod tumani, “Vatandosh” MFY Tuzel dahasi 12-A uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:33 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring