Toshkentda koʻp qavatli uydagi xonadonda yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan koʻp qavatli binodagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7-aprel kuni soat 14:31 da Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:35 da yetib borib, yongʻinni soat 14:49 da toʻliq oʻchirgan.
Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida halok boʻlgan yoki jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring