Toshkentda yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi

13:28 15 Iyun 2024 Jamiyat
403 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Sergeli tumanida “Mercedes-Benz” rusumli avtobus toʻliq yonib ketdi. Poytaxt IIBB YHXB hodisa yuzasidan dastlabki maʼlumotlarni taqdim yetdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-iyun kuni soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor koʻchasida “Mercedes-Benz” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

Foto: Кo дну

Alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

“Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq”, deyiladi YHXB xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

“Кo дну”ning yozishicha, ushbu avtobus 132-yoʻnalishda harakatlangan.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani TXAY koʻchasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida “Mercedes-Benz” transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv boʻlganligi sababli, yongʻin kelib chiqishi oqibatida toʻliq yonib ketgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер