Toshkentda yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi

11:42 24 Noyabr 2020 Jamiyat
1160 0

Avtobus joriy yilning 24-noyabr kuni soat 06:13 da Toshkent kichik halqa yoʻlida, 116-sonli yoʻnalishli avtobus haydovchisi ilk yoʻlovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Voqea joyiga 4 daqiqadan soʻng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi. Soat 06:26da yongʻin qurshab olingan va soat 06:39da toʻliq bartaraf etildi. Avtobus yonib ketishiga dvigatel boʻlinmasidagi qisqa tutashuv sabab boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Ushbu voqeada jabrlanganlar yoʻq. Yongʻin boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi oʻz vaqtida yoʻlovchilar boʻlinmasidan chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер