Toshkentda yigit oʻzini koʻprikdan tashlamoqchi boʻldi

11:44 16 May 2024 Jamiyat
196 0

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir yigit koʻprikdan oʻzini tashlamoqchi boʻldi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.

Manbaga koʻra, yigit koʻprikka marker yordamida “Loser”, yaʼni omadsiz deb yozgan. Mazkur voqeadan xabar topgan post-patrul xizmati xodimi darhol voqea joyiga yetib borgan va yigit bilan suhbatlashgan.

“Nima sababdan bu yerga chiqib olganini soʻragan vaqtimda, fuqaro “jonimdan toʻydim”, deb aytdi. Fuqaroning qoʻliga qarasam qoʻlida ham shunday yozuv bor ekan», deydi xodim.

Shundan soʻng, boshqa xodimlar ham koʻprikka yetib borib, fuqaroni pastga olib tushgan. Yigit profilaktika inspektoriga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudi qarori bilan fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblanib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1,02 mln soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер