Toshkentda haydovchilar janjallashdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida elektrobus haydovchisi va bir necha kishi oʻzaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt IIBB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 16-iyun kuni soat 15:30 da Husayn Boyqaro shohkoʻchasida 35 yoshli Sh.Sh. (elektrobus haydovchisi), 52 yoshli R.I. (“Nexia-2” haydovchisi) va F.Z. (“ZAZ-1102” haydovchisi) oʻrtasida janjal yuz bergan.
Birlamchi maʼlumotga koʻra, janjal avtobus bekatda toʻxtagan vaqtida ortidan yuqorida qayd etilgan 2 ta yengil avtomashina toʻqnashgani sababli kelib chiqqan.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring