Toshkentda elektrobus va “Haval” urib ketgan piyoda halok boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahri Mirobod tumanida sodir boʻlgan ayanchli yoʻl transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 9-dekabr kuni soat 22:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov koʻchasida yuz bergan. “Yutong” rusumli elektrobus tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan. Shu vaziyatda piyoda qarama-qarshi yoʻnalishga yiqilgan va “Haval” rusumli avtomashina ham uni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring