Toshkentda “Demokrat.uz” internet nashri rahbari va blogerga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

10:00 12 Fevral 2026 Jamiyat
526 0

Toshkent shahrida “Demokrat.uz” internet nashri rahbari Fazliddinxon Mehmonov hamda bloger Aziz Gʻoipnazarovga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 15-dekabr kuni Gʻoipnazarov Sergeli tumanida joylashgan avtosalonlardan biri faoliyatini obroʻsizlantiruvchi videomaterial tayyorlab, uni internet tarmoqlariga joylashtirgan.

Shundan soʻng jabrlanuvchidan videorolikni ijtimoiy tarmoqlardan oʻchirib tashlash va tadbirkorning ishbilarmonlik obroʻsiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa materialni eʼlon qilmaslik evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 29-yanvar kuni Mehmonov jabrlanuvchidan 3 ming dollar olgan. 10-fevral kuni esa u yana 17 ming dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchilar harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolar Ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoki 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер