Toshkentda bir kishi yarim yilda dori vositalari xaridiga qancha mablagʻ sarflaydi?
Oʻzbekistonda birinchi marta soliq organlari fiskal cheklar boʻyicha dori vositalari savdosi haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, respublika boʻyicha 8 002 ta dorixona roʻyxatga olingan boʻlib, ularda 15 609 ta onlayn-NKT mavjud. Xarid qilingan dori vositalari uchun isteʼmolchilarga berilgan fiskal cheklarda koʻrsatilgan MXIK asosida aholining tibbiy preparatlar uchun qancha mablagʻ sarflayotgani toʻgʻrisida maʼlumotlar shakllanadi.
2024-yilning oyida dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (2,1 trillion soʻm), Samarqand (986,9 milliard soʻm) va Toshkent viloyatlarida (663,4 milliard soʻm) qayd etilgan.
Poytaxt koʻrsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashgani hisobiga shakllangan. Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar Jizzax (201,3 milliard soʻm), Navoiy (191,6 milliard soʻm) va Sirdaryo (170 milliard soʻm) viloyatlariga toʻgʻri kelgan.
Yuqoridagi raqamlar va har bir hududda roʻyxatga olingan aholi sonidan kelib chiqqan holda yil boshidan oʻrtacha bir kishi dori vositalariga:
- Toshkent shahrida – 750 ming soʻm;
- Buxoro viloyatida – 277 ming soʻm;
- Samarqand viloyatida – 245,1 ming soʻm sarflagan.
- Yanvar may oylarida aholi jon boshiga nisbatan kamroq xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Qashqadaryo viloyatida – 120 ming soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 118 ming soʻm;
- Surxondaryo viloyatida – 114 ming soʻm.
Bunday maʼlumotlar soliq organlarining maʼlumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi. Fiskal cheklar maʼlumotlari tahliliga koʻra, eng koʻp mablagʻ quyidagi kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dori vositalariga sarflangan:
- yurak-qon tomir kasalliklari;
- infeksion kasalliklar;
- ogʻriq qoldiruvchi vosita;
- asab tizimi kasalliklari;
- oshqozon-ichak kasalliklari;
- nafas olish yoʻllari kasalliklari;
- tayanch-harakat tizimi;
- tomoq-burun kasalliklari;
- jigar kasalliklari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring