Toshkentda 72 yoshli fuqaro bedarak yoʻqoldi
1949-yilda tugʻilgan Shek Antonina Vladimirovna joriy yilning 17-iyul kuni Sergeli tumani, Daryoboʻyi koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Belgilari: boʻyi 165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh koʻzi qora.
Egnida: qizil kofta, qizil yubka va shippak boʻlgan.
Alohida belgilari: koʻzoynakda, qoʻlida hassasi bor.
“Agar siz Shek Antonina haqida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring