Toshkentda 64 yoshli ayolni mashina urib yubordi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasida yuz bergan. Haydovchi D.R. (2004-yilda tugʻilgan, erkak) “Spark” avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda G. Sh.ni (1960-yilda tugʻilgan, ayol) urib yuborgan.
“YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring