Toshkentda 480,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar “Bobur” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada temir truba va rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib jami 320,4 ming metr kub tabiiy gazni oʻgʻirlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 480,7 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring