Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

14:53 18 Iyun 2024 Jamiyat
412 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 17-iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida 26 yoshli У.Б. boshqaruvida boʻlgan “Menlo”, 25 yoshli М.А. boshqaruvidagi “VAZ-2106”, 32 yoshli М.Р. boshqaruvida boʻlgan “VAZ-2107” hamda 1990-yilda tugʻilgan Б.Р. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH oqibatida “Menlo” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan.

Shahar YHXBning qoʻshimcha qilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер