Toshkentda 4 nafar ayol oʻzaro janjallashdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha ayol oʻzaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, janjal joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent shahri Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 35 yoshli N.E. tanishlari – 31 yoshli X.O., 37 yoshli M.X. va 34 yashar M.M. bilan oʻzaro gap talashib qolgan. Ayollar ogʻzaki tortishuvdan soʻng jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida boʻla turib, urishib ketgan.
Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ayollar tibbiyot muassasasiga tan jarohatlari bilan murojaat qilmagan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring