Toshkentda 22-oktabrdan issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boshlanadi
Illustrativ foto
Toshkent shahar hokimi qaroriga asosan Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi haqida xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Poytaxt markazidagi issiklik taʼminotidan foydalanuvchilari uchun 2022-yilning 19-oktabdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi. 22-oktabrdan esa ijtimoiy soha obyektlarini, 24-oktabrdan bosqichma-bosqich koʻp xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring