Toshkentda 20 yoshli talaba kanalda choʻkib, halok boʻldi

16:21 20 Iyun 2024 Jamiyat
362 0

Illyustrativ foto

Tooʻshkent shahri Yakkasaroy tumanida 20 yoshli talaba kanalda choʻkib, halok boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 19-iyun kuni Yakkasaroy tumani hududidan oqib oʻtuvchi “Boʻrijar” kanalida 2004-yilda tugʻilgan M.I. ismli fuqaro choʻkib ketib, vafot etgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u Jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi boʻlgan.

“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.

Yaqinlarining bildirishicha, hozirda marhumning jasadi sud tibbiy ekspertizasi uchun olib ketilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda hushsiz holda oqib kelayotganligini koʻrib qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер