Toshkentda 17 yoshli yigit otasini pichoqladi

10:01 26 Yanvar 2021 Jamiyat
1104 0

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I. pichoqlangan holda topilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

22-yanvar kuni soat 01.00 da Yakkasaroy tumani IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unda Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida maʼlum qilingan.

Kelishmovchilik natijasida 17 yoshli oʻrta maktab oʻqituvchisi oʻz otasi fuqaro A.I. ni pichoqlab qoʻygani aniqlandi. A.I. tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер