Toshkentda 10-sinf oʻquvchisi BMW'da YPX inspektorini urib yubordi

16:53 26 Fevral 2026 Jamiyat
517 0

Toshkent shahri Mirobod tumanida 10-sinf oʻquvchisi BMW avtomobilini boshqarib, YPX inspektorini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 25-fevral kuni soat 21:46 da Mirobod tumani Mirobod koʻchasida sodir boʻlgan. Poytaxtdagi xususiy maktabning 10-sinf oʻquvchisi “BMW M4” rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib ketayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.

YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tekshiruv yakunlariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deb yozadi BP matbuot kotibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер