Toshkent viloyatidagi “novostroyka”da yongʻin sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 15-iyul kuni soat 01:37 da Nurafshon shahridagi 1-yongʻin qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga Nurafshon shahar Yangiobod mahallasidagi 16 qavatli uyning xonadonlaridan birida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 01:44 da hodisa joyiga yetib borib, alanga soat 02:05 da toʻliq oʻchirilgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida xonadonning 25 kvadrat metr maydoni zararlangan. Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida xonadonning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
“Yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi elektr uskunalaridagi nosozlik deb baholanmoqda. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring