Toshkent viloyatidagi ayrim yoʻllar 4 kunga yopiladi

11:26 10 May 2023 Jamiyat
677 0

Velosportning shosse turi boʻyicha “Oqtosh-Chorbogʻ Mountain“ xalqaro musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 10-11-13-14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent viloyatining Boʻstonliq va Yuqorichirchiq tumanlaridan oʻtgan avtomobil yoʻllari vaqtinchalik yopiladi.

4 kun davomida transport vositalari harakati toʻliq cheklanadigan hududlar roʻyxati:

— 10-may kuni Boʻstonliq tumani hududidan oʻtgan 4P10 “Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 80-70 kilometri (Chorbogʻ suv ombori koʻprigi) oraligʻida;

— 11-may kuni Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 54-kilometridan (Gʻazalkent shahriga kirish) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) boʻlgan yoʻl, 4P6 “Toshkent.sh — Chirchiq.sh — Chimyon” avtomobil yoʻlining 52-kilometridan (Gʻazalkent futbol oʻyingohi) 56-kilometr (Galavasoy qishlogʻiga chiqish joyi) oraliqlari, shuningdek, 4P10 “Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbogʻ suv ombori koʻprigi va “eski bochka” oraliqlari);

— 13-may Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish koʻprigi) 54-kilometriga (Gʻazalkent shahriga kirish) qadar;

— 14-may Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 17-kilometridan (Yangi Oʻzbekiston bogʻi atrofi) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) boʻlgan yoʻl, 4P6 “Toshkent.sh — Chirchiq.sh — Chimyon” avtomobil yoʻlining 56-kilometridan (Galavasoy qishlogʻiga chiqish joyi) 72-kilometrigacha (Amirsoy dam olish maskani) boʻlgan yoʻl oraliqlari, shuningdek, 4P10 “Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbogʻ suv ombori koʻprigi va “eski bochka” oraliqlari)da transport vositalari harakati toʻliq cheklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер