Toshkent viloyatida tuman hokimi oʻrinbosari yerni 90 ming dollarga noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda ushlandi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan yerlarning noqonuniy sotilishi bilan bogʻliq bir qancha holatlarga chek qoʻyildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Chinoz tumani hokimi oʻrinbosari bogʻdorchilik bilan shugʻullanishga qaror qilgan fuqaroga 35 gektar yer uchastkasini rasmiylashtirish uchun 90 ming dollar soʻragan. Firibgar 40 ming dollar pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
Xuddi shunday voqea Fargʻona viloyatida ham sodir boʻlgan. Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro viloyat bogʻdorchilik korxonasiga qarashli ikki gektar yer maydoni uchun 18 ming AQSH dollari soʻradi. Huquqbuzar oʻn ming dollarni topshirayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Oʻzbekistonning bir qancha viloyatlarida kichikroq miqdordagi jinoyatlarga chek qoʻyildi. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Gulistonlik mahalliy fuqaro 32 gektar yerni 35 ming dollarga olayotgan vaqtida ushlandi. Bundan tashqari, Yuqorichirchiq tumanidagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi xodimi 30 sotix yer evaziga yetti ming dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring