Toshkent viloyatida Qirgʻiziston kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik chorvachilik majmuasi barpo etiladi
Ayni damda Toshkentda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro hamdoʻstlik, biznes hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirishga bagʻishlangan birinchi ishbilarmonlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Biznes forumda Toshkent viloyati hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jamshid Abdusalomov bilan Bishkek shahridagi «Indastril Korporeyshn» kompaniyasi vakillari oʻrtasida 2 ta yangi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishildi. Unga koʻra, Toshkent viloyatida umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollariga teng yirik chorvachilik majmuasi bunyod etiladi. Shuningdek, 1,5 million dollarlik yana bir yirik loyiha asosida yuqori darajadagi olovga chidamli gʻisht mahsulotlari hamda quvurlar ishlab chiqarish korxonasi quriladi.
Shodiyor MUTAHAROV
(“ Xalq soʻzi»).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring