Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi

11:06 12 Noyabr 2024 Jamiyat
307 0

Illyustrativ foto / Sardorbek Poyonov

Toshkent viloyatining Parkent tumanida bedarak yoʻqolgan ayol oʻlik holda topildi. Bu haqda “UzAlert” (Oʻzbekistondagi qidiruv-qutqaruv otryadi) xabar berdi.

Xalq soʻzi” muxbiri holat yuzasidan batafsil maʼlumot olish uchun Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bilan bogʻlandi.

Uning bizga maʼlum qilishicha, ayolning turmush oʻrtogʻi N.O. 6-noyabr kuni Parkent tumani IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 23 yoshli ayoli H.O. tunda yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib qaytib kelmaganini maʼlum qilib, uni qidirib topishda amaliy yordam soʻragan.

Shunga asosan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganida, joriy yilning 10-noyabr kuni bedarak yoʻqolgan ayolning jasadi Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor shaharchasi, “Maʼrifat” mahallasidan oqib oʻtuvchi Qorasuv kanalida choʻkib ketgan holda topilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер