Toshkent viloyatida ovoz berish jarayoni qizgʻin davom etmoqda
Foto: Халқ сўзи
Erta tongdanoq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi tarkibidagi 963 ta saylov uchastkalarining barchasida davlatimiz madhiyasi sadolari ostida ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Quyosh Sharqdan bosh koʻtarishi bilan Nurafshon shahridagi Davlat xizmatlari markazida joylashgan 10-saylov uchastkasiga Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi 1 ming 92 nafar saylovchilar birin-ketin tashrif buyura boshladilar.
Ayni damda viloyatning barcha shahar va tumanida ovoz berish jarayoni qizgʻin davom etmoqda. Boʻka tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurgan 90 yoshli Elboy ota Joʻrayev oʻzi munosib koʻrgan nomzod uchun ovoz berib, shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytdi.
Dastlabki natijalarga koʻra, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 837-, Quyi Chirchiq tumani Doʻstobod shahridagi 960-, Oqqoʻrgʻon tumani Oytamgʻali qishlogʻidagi 395-saylov uchastkalarida ovoz berish natijalari ancha ildamlab ketdi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring