Toshkent viloyatida “musorovoz” yonib ketdi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida chiqindi tashuvchi maxsus yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 12-may kuni soat taxminan 09:30 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan D 014 avtomobil yoʻlining 46-kilometrida sodir boʻlgan. 1973-yilda tugʻilgan K.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yongʻin kelib chiqqan.
Oʻt oʻchiruvchilar tomonidan yongʻin toʻliq oʻchirilgan. Hodisa oqibatida harakat ishtirokchilari sogʻligʻiga ziyon yetmagan.
“Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring