Oʻzbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Illustrativ foto
Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi quriladi.
Aytilishicha, chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt boʻlgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Loyiha Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida 55 mln. dollar miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat Oʻzbekistonda balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona boʻlgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stansiyasi tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring