Toshkent viloyаtida bojxonachilar tomonidan sigaretlarning noqonuniy kirib kelishi toʻxtatildi
Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi
xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbir yakunlari haqida maʼlum qildi.
“Chevrolet Captiva” rusumli avtomashinadagi yuk haqida bojxonachilarga xabar berildi va ular uning harakatini tezkor nazorat qilib borishdi. Toshkentga kiraverishdan uncha uzoq boʻlmagan joyda avtomashina toʻxtatildi, soʻng bojxonachilar salon va yukxonani koʻzdan kechirdi.
Koʻzdan kechirish natijasida avtomashinadan aksiz markasi boʻlmagan 15 950 quti sigaretalar aniqlangan. Olingan ashyoviy dalilning qiymati 160 million soʻmga baholanmoqda.
Aniqlangan holat hujjatlashtirilib, tekshiruvlar davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring