Toshkent viloyatida BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan “Tracker”ga borib urildi

15:02 26 Iyul 2024 Jamiyat
441 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyatida boshqaruvni yoʻqotgan BMW yoʻl chetida toʻxtab turgan “Tracker”ga borib urildi. Viloyat IIBB YHXB mazkur YTH yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20-iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻli 8-kilometrida sodir boʻlgan.

Oʻsha kuni 1991-yilda tugʻilgan U.B. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasini Bektemir-Gʻazalkent yoʻnalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, shu yoʻnalishda yoʻl oʻng chetida toʻxtab turgan “Tracker” rusumli transport vositasini borib urgan.

Ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Toʻxtab turgan avtoulovda haydovchi va yoʻlovchilar boʻlmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

Maʼlum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер