Toshkent viloyatida bir nechta avtomobil o'rtasida YTH sodir bo'ldi
Foto: IIVJamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida 3ta avtomobil o'rtasida YTH sodir bo'ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni soat 20:00 larda, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani hududidan oʻtuvchi “Toshkent-Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yoʻlining 22-kilometrida:
1) 1996-yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli;
2) 1997-yilda tugʻilgan G.A. boshqaruvidagi “Vaz-2107” rusumli;
3) 1994-yilda tugʻilgan N.A. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
Hodisa natijasida, “Vaz 2107” rusumli avtomobil haydovchisi G.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur YTH yuzasidan Oʻrta Chirchiq tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring