Toshkent viloyatida 7 kg.dan ziyod bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi
Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning to‘rtinchi farzandidir.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo‘lib, sal kam 7 kg.lik vazndagi o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring