Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlanib oʻldirildi
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida qotillik sodir etilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura Axborot xizmati izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yil 8-avgust kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak oʻzaro kelishmovchilik oqibatida 56 yoshli erkakka pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan oʻldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring