Toshkent viloyatida 500 kV kuchlanishli raqamli podstansiya quriladi
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida qurilishi rejalashtirilgan “Halqa” podstansiyasi 1602 MVA oʻtkazuvchanlik quvvatiga ega boʻladi.
Mazkur podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri isteʼmolchilarining elektr taʼminoti sifati oshiriladi. Shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Keles” podstansiyasiga tushadigan yuklamani kamaytirishga erishiladi.
“Halqa” podstansiyasini “Sirdaryo” IES va energetika tizimining boshqa podstansiyalari bilan bogʻlash uchun Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlari hududida 213 km. uzunlikdagi 220 kV va 72 km. uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring