Toshkent viloyatida 38 yoshli erkak joniga qasd qildi

20:35 30 Aprel 2025 Jamiyat
248 0

Foto: Telegram

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 38 yoshli erkak oʻzini shiyponga osib qoʻydi. Bu haqda “Xalq soʻzi” ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirishicha, voqea bugun, 30-aprel kuni Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan Toshkent-Ohangaron magistral yoʻlining Ohangaron yoʻnalishi chap tomonida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi qarshisida sodir boʻlgan.

Bektemir tumanida yashab kelgan 1987-yilda tugʻilgan fuqaro V.S.B. hududdagi yozgi shiypon shiftiga sirtmoq yasab, oʻz joniga qasd qilgan.

“Marhumning oʻz joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi BP munosabatida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер