Toshkent viloyatida 36 yoshli shaxs mushuklarga shafqatsiz munosabatda boʻldi

12:10 26 Mart 2026 Jamiyat
92 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida mushuklarga nisbatan shafqatsiz xatti-harakatlar aks etgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring va dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu voqea 2025-yilning dekabr oyida Boʻstonliq tumani “Yangiqoʻrgʻon” mahallasida joylashgan mehmonxonalardan birida sodir boʻlgani aniqlangan.

Biroq shu yil hamda oʻtgan davr mobaynida ichki ishlar organlariga mazkur holat yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan.

Videoda aks etgan shaxs – 1993-yilda tugʻilgan M.Sh.ning xatti-harakatlari yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, hozirda qonuniy qaror qabul qilish uchun materiallar sudga yuborilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер