Toshkent viloyati maktab oʻquvchilariga Qizil kitoblar topshirildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Angren shahridagi 42-umumtaʻlim maktabiga 100 dona Qizil kitob topshirildi.
Maʻlumot uchun, bu Qizil kitoblar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan maktab oʻquvchilari uchun qayta nashr etilgan.
Taʻkidlash joizki, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston vakillaridan iborat delegatsiya BMTTD va YXHT loyihalari, shuningdek, sobiq uran konlarini rekultivatsiya qilish ishlari bilan tanishish maqsadida Angrenga tashrif buyurgandi. Tashrif doirasida Ekologiya vaziri oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov ishtirokida 42-umumtaʻlim maktabida kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Respublikamiz umumtaʻlim maktablarida tarqatilayotgan Qizil kitoblarning tiraji jami 40 ming nusxani tashkil etadi. Xususan, ayni paytda Xorazm viloyatida 2000, Sirdaryo viloyatida 1250, Jizzax viloyatida 205, Navoiy viloyatida 1400, Qashqadaryo viloyatida 4000 va Toshkent viloyatida 100 ta kitoblar maktab oʻquvchilariga yetkazib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring