Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

14:35 14 Oktyabr 2024 Jamiyat
385 0

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Toshkent viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga boshliq tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati IIBB YHXB binosida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshligʻi general-mayor Tohir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Unda polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan viloyat YHXB boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Tadbirda shuningdek, kelgusida yoʻllarda inson salomatligini asrash borasida koʻrilishi zarur boʻlgan choralar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер