“Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida parvoz vaqti oʻzgardi
Bugun, 29-noyabr kuni “Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladigan HY57 hamda HY58 aviareyslarning borish hamda qaytish vaqti texnik sabablarga koʻra oʻzgartirildi.
Jumladan:
— Toshkentdan uchish vaqti: 18:10 (19:30 ni oʻrniga)
— Urganchga yetib borish vaqti: 19:30
— Urganchdan uchish vaqti: 20:40 (22:00 ni oʻrniga)
— Toshkentga yetib borish vaqti: 22:00.
Mazkur oʻzgarishlar haqida “Uzbekistan Airways” AJ maʼlum qilib, noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring