“Toshkent — Termiz” yoʻlida avtobus agʻdarilib ketdi
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida 26 noyabr kuni Quyichirchiq tumanida yashovchi U.T. “Isuzu” rusumli avtobusni “Toshkent-Termiz” yoʻlining 841-km.da haydab ketayotib, yoʻl sirpanchiq boʻlganligi sabab boshqaruvni eplay olmay, avtobus yoʻl chetiga yonboshlab qolgan.
Natijada avtobusdagi yoʻlovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring