Toshkent supermarketlarida ayrim mahsulotlar narxi arzonlashdi

17:48 15 Yanvar 2024 Iqtisodiyot
457 0

Mutaxassislar tomonidan dekabr oyida poytaxtdagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishi koʻrib chiqilgan.

Natijada 8 xil mahsulot boʻyicha oʻtgan oydagiga nisbatan minimal narxlar pasaygani aniqlangan. Xususan, oq karam 22 foizga, guruch 15,6 foizga, qizil sabzi 10 foizga, kungaboqar yogʻi 7,4 foizga, sariq piyoz 6,8 foizga, margarin 6,6 foizga, limon 5,6 foizga hamda lavlagi 5,1 foizga pasaygan.

4 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Ayniqsa, pomidor va bodring narxining oshishi yaqqol seziladi. Xuddi shunday tendensiya oʻtgan yilda ham kuzatilgandi.

Tahlillarga koʻra, 9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Ularning orasida grechka, sut, bugʻdoy uni kabilar bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер